Abdujabbor Egamberdiyev Kasaba uyushmalari federatsiyasi Andijon viloyati kengashi raisi bo‘ldi. U 2022-yilda prezident buyrug‘i bilan “davlat xizmatchisi etikasiga nomunosib harakatlari” uchun Andijon tumani hokimligidan olingandi. Sud unga axloq tuzatish ishlari jazosini tayinlab, so‘ng shartli ozod qilgan.
Andijon shahrining sobiq hokimi Bahrom Haydarov qamoqxonada vafot etdi. U 2022-yilning dekabrida o‘zlashtirish, talon-toroj qilish va mansab soxtakorligi kabi jinoyatlarda ayblanib, 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.
Toshkent shahri sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishdan olinishi sabablarini izohlarkan, faoliyatida ko‘p xatolar qilgani, prezidentning qarorlarini esa muhokama qilmasligi haqida gapirdi. U, shuningdek, Turkiyaga qochib ketayotganida ushlangani aytilgan xabarlarga ham oydinlik kiritib o‘tdi.
Andijon tumanining sobiq hokimi Abdujabbor Egamberdiyev bir yil avval 2 yilga axloq tuzatish ishlari jazosiga hukm qilingani ma’lum bo‘ldi. Bir hafta oldin sud uni muddatidan ilgari (1 yildan ortiq) mas’ul lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilish jazosidan shartli ozod qildi.
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanining sobiq hokimi va yana 2 shaxs 11,1 gektar yerni rasmiylashtirib berish uchun fuqarodan 6 mln AQSh dollari talab qilgan. Ular pulning 200 ming dollarini olayotgan vaqtda ushlandi. Shuningdek, Toshkent, Andijon va Navoiy viloyatlarida yer sotish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.
Surxondaryoning sobiq hokimi To‘ra Bobolov ortidan 13 tuman hokimi qatorida ishdan olingan, 1 yil davomida Qiziriq tumaniga rahbarlik qilgan Rustam Pardayev 4ta jinoiy modda doirasida sud qilinmoqda. Unga o‘zlashtirish, firibgarlik, mansab soxtakorligi kabi ayblovlar qo‘yilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting